preloader
Hilola Umarova Al-Xorazmiy universitetida.
12.12.2025 132

Hilola Umarova Al-Xorazmiy universitetida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Xorazm viloyati, Urganch shahrida yaqinda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganishlar davomida taʻlim maskanidagi zamonaviy infratuzilma, talabalar uchun qulay sharoitlarni tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni koʻzdan kechirdi.
Xususan, zamonaviy oʻquv xonalari, faollar zali va oliygohda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, pedagoglar va talabalar bilan taʼlim sifatini oshirishda zamonaviy koʻnikmalarni qoʻllash, bugungi kun talablariga mos kasblarni egallashda ularning oʻrni xususida atroflicha muloqot olib bordi.